O’zbekiston yoshlari giyohvandlikka qarshimiz!

Декабрь 15th, 2017 by amuzaffar19

Jarqo’rg’on tumani 19-o’rta ta’lim maktabida 12-oktabr yoshlar o’rtasida giyohvandlikning oldini olish maqsadida “O’zbekiston yoshlari giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida viloyat seminari bo’lib o’tdi. Seminarda Surxondaryo vioyati ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’limi rahbari D.Ashurova, Jarqo’rg’on tumani XTB mudirasi Q.Rahmatova, tuman ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’limi shuba rahbari Sh.Berdiyeva, A.Navoiy mahallasi noziri Alisher Jumayev va boshqa tumanlardan mehmonlar tashrif buyurdilar.
gqk
Tadbirda mehmonlar so’zga chiqishib, giyohvandlikning oldini olish va uning salbiy oqibatlari haqida ma’lumot berib o’tdi. Jumladan, viloyat ma’naviy –ma’rifiy va sport ishlari bo’limi rahbari D.Ashurova so’zga chiqib, giyohvandlikning salbiy ta’sirlari deganda insonning umri xazonga aylanishi ,uning sog’ligi hech qachon tiklanolmasligi bu esa xuddi vabo kasallagiga o’xshab insonlar asosan yoshlar orasida juda ham ko’plab uchrayotganin sir emas,o’rtoqlar,biz bu kabi illatlarning oldini olish uchun ,yoshlarimizni bu illatlardan forig’ etishimiz uchun tinimsiz harakat qilishimiz zarur , sizlardan bizning safimizga qo’shilib ushbu illatga qarshi kurashaylik, deyman.
gqk2

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25-yilligi munosabati bilan o`tkazilgan tadbir

Декабрь 15th, 2017 by amuzaffar19

Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumanidagi 19-o’rta ta’lim  maktabida O`zbekiston Respublikasining Asosiy Qonuni Konstitutsiyamizning  qabul qilinganining 25 yilligiga bag’ishlab tadbirlar  amalga  oshirildi. Jumladan, 1-dekabr  kunida maktab  faesi  va  barcha sinf xonalarda O’zbekiston Respublikasining Asosiy Qonuni Konstitutsiyamizning mazmun–mohiyatini aks ettiruvchi tasviriy vositalar bilan bezatildi.

Bayramdan lavhalar

6-dekabr  kuni “O’zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasi  qabul  qilinganligining  25-yilligi” munosabati bilan   badiiy  tadbir  bo’lib  o’tdi. Bu tadbir Prezidentimiz SH. Mirziyoyevning 2017-yil 20-iyundagi F-4969-sonli qarori asosida tashkil etildi.

Bayramdan lavhalar
Tadbir  huquq fani o’qituvchisi Normurodov Muslimbek tomonidan tashkil etildi.  10-B sinf o’quvchisi Boboqulova Maftuna tomonidan konstitutsiya yaratilish tarixiga bag’ishlangan ma’ruza o’qib eshittirildi.

Tadbirga O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Surxondaryo Viloyati  ichki ishlar akademik litseyidan huquq fani o’qituvchilari Qurbonov Oybek va Yangiboyev Farhodlarni taklif etildi. Bu o’qituvchilar baholash mezonini olib borishdi. Tadbirning  badiiy  qismiga  navbat  berilib,  tadbir  9- sinflar o’rtasida  bellashuv  tarzda  tashkil  etildi.

Jarqo`rg`on tumanidagi 19-umum ta’lim maktabida rus tili fani oyligi!

Ноябрь 17th, 2017 by amuzaffar19

Jarqo`rg`on tumanidagi 19-umum ta’lim maktabida 2017 yil noyabr oyi rus tili fani oyligi. Fan oyligida faol qatnashing!

O`qituvchi: Usanov Bahodir.